AQSHdan ketmoqchi bo‘lgan noqonuniy migrantlarga bepul chipta va pul beriladi

AQSHdan ketmoqchi bo‘lgan noqonuniy migrantlarga bepul chipta va pul beriladi
  • 0
  • 12.05.2025 09:35:00
  • 1 daq o'qish

 

AQSH prezidenti Donald Tramp aytishicha, endi noqonuniy muhojirlar mamlakatni ixtiyoriy tark etsa, ularga 1000 dollar pul va bepul aviachipta beriladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi “o‘z-o‘zini deportatsiya qilish” dasturi ishga tushgan. Muhojirlar maxsus ilova orqali ro‘yxatdan o‘tib, aeroportga borishsa, vataniga bepul uchishlari mumkin.
📱 Bu uchun mobil ilova ishlab chiqilgan va yana qo‘shimcha “safar bonusi” ham berilishi aytilgan.
Tramp bu dastur byudjetga katta pul tejashini, lekin ishtirok etmaslik — ya’ni mamlakatni tark etishdan bosh tortish — “og‘ir oqibatlar”ga olib kelishini ogohlantirdi.
Shuningdek, Tramp: “Biz Amerikani tark etishingizni istaymiz. Agar yaxshi inson bo‘lsangiz, kelajakda qaytishingizga yordam beramiz”, — dedi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News