
- 16
- 28.08.2024 16:17:00
- 1 daq o'qish
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning sobiq qo‘riqchisi Turkiyadagi mehmonxonalardan birida o‘lik holda topildi.
Voqea Ozarbayjon prezidentining rafiqasi va vitse-prezidenti Mehribon Aliyevaning tug‘ilgan kunining ertasiga 27-avgust kuni sodir bo‘lgan. 50 yoshli Mahir Mammadov Oydin shahrining Kushadasi hududidan topildi.
U o'limidan uch kun oldin xotini va o'g'li bilan ta'tilga kelgan, ayoli va bolasi sayr qilish uchun shahar markaziga borishgan va qaytib kelishganida, polda Mamedovning jasadini topishgan. O‘limning aniq sababi ekspertizadan so‘ng aniqlanadi.