
- 6
- 08.07.2023 07:28:00
- 2 daq o'qish
Ichki ishlar vazirligi 15-martdan 4-aprelga qadar 7 mingta planshet xarid qilish bo‘yicha tender o‘tkazdi. “Daryo” hujjatlarni monitoring qilib, ushbu lot haqida ma’lumot beradi.Tender haqidagi izohda yozilishicha, lotning boshlang‘ich narxi 53 milliard 761 million 358 ming so‘mni tashkil etgan. Bu har bir planshet uchun 7 million 680 ming so‘m boshlang‘ich narx berilganini anglatadi. G‘olib korxona 60 kun muddatda mahsulotlarni yetkazib berishi kerak edi.
Tenderni yutish uchun 9 ta korxona ro‘yxatdan o‘tgan. Ammo 7 tasi hujjatlar bilan bog‘liq kamchiliklari sabab diskvalifikatsiya qilingan. Yakunda Litvaning Start Group kompaniyasi 100 ball bilan lotni yutib olgan bo‘lsa, Solutions Trade MChJ zaxira g‘olib deb topilgan.
Start Group 3 million 612 ming yevro narx taklif bilan tenderi yutgan. Bu summa o‘sha vaqtdagi kurs bilan 44 milliard 664 million 222 ming so‘mni tashkil etadi.
Xo‘sh, IIV sotib olgan planshetlar qanaqa edi?
Texnik topshiriq ma’lumotlariga ko‘ra, planshetlarning operatsion tizimi Android 9 yoki undan yuqori versiyalardan birida bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, protsessor chastotasi kamida 2 gegagertsga, yadrolar soni kamida 9 ga teng bo‘lishi belgilangan. Tashqi xotirasi 64 gegabaytdan, operativ xotirasi 4 gegabaytdan kam bo‘lmagan planshetda barcha kerakli drayverlar o‘rnatilgan bo‘lishi lozim.
Shuningdek, planshet barmoq izlarini tanish (“otpechatka”), shtrix kod va QR-kodlarni o‘qish, ID-karta va pasport ma’lumotlarini taniy olish xususiyatlariga, maxsus sensor qalamiga ega bo‘ladi. Ekran 8 dyuymli, o‘lchamlari 1920x1200 piksel bo‘lishi lozim.
Manba: daryo.uz