- 5
- 15.02.2023 13:48:00
- 1 daq o'qish
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federasiyasi Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappeni ko‘hna qit’aning o‘tgan yildagi eng yaxshi o‘yinchisi deb topdi.
Dortmundning “Borussiya”si vakili Jud Bellingem esa Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisi (20 yoshgacha) deb tan olindi.
Ramziy terma jamoaga esa 4 nafar fransiyalik futbolchi kiritilgan. Shuningdek, Belgiya, Xorvatiya va Gollandiyadan ikki nafardan va norvergiyalik Erling Xaaland ro‘yxatdan joy olgan.