
- 9
- 04.12.2024 13:30:00
- 1 daq o'qish
Hukumatning 2024-yil 4-noyabrdagi qaroriga ko‘ra, siz termitlar yoki boshqa hasharotlar yuqishi sababli uyingizning yaroqsizligi haqida YAIDXP orqali onlayn shikoyat qilish mumkin. my.gov.uz orqali ushbu yangi davlat xizmatidan foydalanib, uyingizni bepul tekshirtirolasiz. Uy haqiqatan yashash uchun yaroqsiz deb topilsa, bu sizning davlat tomonidan uy-joy bilan taʼminlanishingiz uchun asos hisoblanadi.
Mazkur xizmatdan nafaqat uy egalari, balki unda istiqomat qiluvchilar ham foydalanishlari mumkin.