Turkiyada noqonuniy ishlayotgan xorijiy ishchilar deportatsiya qilinsa, xarajatlarni ish beruvchi to‘laydi

Turkiyada noqonuniy ishlayotgan xorijiy ishchilar deportatsiya qilinsa, xarajatlarni ish beruvchi to‘laydi
  • 0
  • 26.07.2025 11:15:00
  • 1 daq o'qish

2025-yil 23-iyuldan boshlab Turkiyada ish ruxsatisiz xorijliklarni yollagan ish beruvchilar ularning deportatsiya xarajatlarini to‘liq qoplashga majbur bo‘ladi. Bu haqda Yeni Şafak nashri xabar berdi.
⠀
Yangi tartibga ko‘ra, agar migrant mamlakatni ixtiyoriy tark etmasa, ish beruvchi nafaqat deportatsiya xarajatlarini, balki u va oila a’zolarining uch oygacha yashash, tibbiy xizmat va transport bilan bog‘liq sarf-xarajatlarini ham to‘laydi.
⠀
Agar bu majburiyat bajarilmasa, xarajatlar soliq organlari orqali majburiy undiriladi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yilda xorijliklarga 301 mingga yaqin ruxsatnoma berilgan. Biroq, ruxsatnomasiz ishlayotgan Markaziy Osiyo fuqarolari soni hamon yuqori. Hukumat bu borada reydlarni kuchaytirmoqda.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News