
- 4
- 01.07.2026 12:02:00
- 1 daq o'qish
Masalliqlar:
1 dona bodring
1 dona pomidor
yog‘da qovurilgan tandir non
100 gr tovuq filesi
konservalangan makkajo‘xori
2 dona kartoshka
3 osh qoshiqda mayonez
1 dona aysberg karami
Tayyorlanishi:
Birinchi kartoshkalar somoncha shaklida to‘g‘ralib, yog‘da qovurib olinadi. Tovuq filesi esa, suvda qaynatib olinadi. So‘ng, barcha masalliqlar somoncha shaklida to‘g‘ralib, idishga solinadi. Aysberg karami esa, to‘rtburchak shaklida to‘g‘raladi. Oxirida, mayonez qo‘shib, yaxshilab aralashtiriladi. Mazali aysberg salatimiz tayyor!
Yoqimli ishtaha☺️