
- 12
- 24.08.2023 07:49:00
- 1 daq o'qish
AQSH prezidenti Jo Bayden jurnalistlarga bergan intervyusida “Vagner” asoschisi Yevgeniy Prigojinning ehtimoliy o‘limi haqidagi tafsilotlarni bilmasligini aytdi.
“Nima bo‘lganini aniq bilmayman, lekin hayron qolganim yo‘q”, — dedi Bayden.
Jurnalistlarning samolyot halokatida Vladimir Putinni aybdor deb hisoblaysizmi, degan savoliga AQSH prezidenti shunday javob berdi:
“Rossiyada ortda Putin turmagan ishlar kamdan-kam bo‘ladi. Javob berish uchun menda yetarli ma’lumot yo‘q”.
Manba: daryo.uz