
- 0
- 15.05.2025 10:44:00
- 1 daq o'qish
Rossiyalik mashhur videobloger Guseyn Gasanov 170 million rubldan ortiq soliq to‘lamaganlikda ayblanib, federal qidiruvga berildi va sirtdan hibsga olindi. U daromadlarini qarindoshlari va shaxsiy hisoblar orqali o‘tkazib, 20 million rublni noqonuniy legallashtirganlikda gumon qilinmoqda. Rossiya Jinoyat kodeksiga ko‘ra, unga yetti yilgacha qamoq yoki 1 million rubl jarima tahdid solmoqda. Gasanov barcha soliqlar va 320 million rubl jarimani to‘laganini, holat bo‘yicha huquqshunoslari ishlayotganini bildirdi.
“OAVda soliqdan qochganim haqida yozishmoqda. Lekin men barcha soliqlar va 320 million rubl miqdoridagi jarimalarni to‘ladim... Kimki birovga choh qazisa, o‘zi unga tushadi,” dedi Gasanov.