⚡️ Kurash bo‘yicha OCh: O‘zbekiston yetakchi!

⚡️ Kurash bo‘yicha OCh: O‘zbekiston yetakchi!
  • 17
  • 01.05.2023 10:27:00
  • 1 daq o'qish

25-29-aprel kunlari Xitoyning Xangjou shahrida kurash bo‘yicha Osiyo Chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 24 mamlakatidan 200 nafardan ziyod kurashchilar qatnashdi. O‘zbekiston terma jamoasi yakunda 4 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin esa mezbonlar Chin yurti vakillariga nasib etgan bo‘lsa, Eron jamoasi kuchli uchlikni yakunladi. 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News