
- 8
- 28.06.2023 19:27:00
- 1 daq o'qish
Shimoliy Koreyada AQShni «yo‘q qilishga» chaqiruvchi ommaviy mitinglar bo‘lib o‘tdi, deb yozadi New York Post.
Koreya markaziy axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, mitinglarda oddiy fuqarolar va partiya yetakchilari ishtirok etgan. Namoyish chog‘ida AQShni «yo‘q qilish» va uni «imperialistik yirtqich hayvonlar» sifatida hukm qilinishiga chaqiriqlar qilingan.
Plakatlardan birida «imperialistik AQSh dunyoni vayron qiluvchidir» deb yozilgan.
Manbalarga ko‘ra, Kim Chen In so‘zga chiqqan Pxenyandagi mitingda 120 ming kishi qatnashgan.
Shimoliy Koreya hukumati a’zolari mamlakat «AQSh imperialistlarini jazolash uchun eng kuchli qurolga ega» ekanini aytdi, deyiladi xabarda.
manba: xabar.uz