
- 24
- 07.10.2026 13:17:00
- 1 daq o'qish
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent davlat texnika universiteti talabalarining yotoqxonadan chiqarilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Ushbu holatga universitet rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, Talabalar shaharchasidagi davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan yotoqxona hali rasman foydalanishga topshirilmagan. Uning kadastr hujjatlari va zarur ruxsatnomalari ham rasmiylashtirilmagan.
Shuningdek, ayrim talabalar tadbirkor tomonidan belgilangan tartibga rioya qilinmagan holda, tegishli yo‘llanmasiz yotoqxonaga joylashtirilgan. Boshqa OTM talabalari va xorijiy talabalar ham ushbu yotoqxonada yashagan.
Holat aniqlangach, talabalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ular yotoqxonadan chiqarilib, TDTUning bo‘sh talabalar turar joylariga vaqtincha joylashtirilgan. Boshqa OTM talabalari esa o‘z universitetlariga qaytarilgan. Yotoqxonada issiq suv va isitish tizimlari ham hali to‘liq ishga tushirilmagan. Talabalardan avval undirilgan to‘lovlar tadbirkor tomonidan 100 foiz qaytarib berilgan.
Hozirda obyektning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va zarur ruxsatlarni olish ishlari davom etmoqda. Barcha talablar bajarilgach, yotoqxona belgilangan tartibda foydalanishga topshiriladi.