“Humo” xokkey jamoasi “Beybaris”ni beshinchi o‘yinda ham yutdi va finalga yo‘l oldi!

“Humo” xokkey jamoasi “Beybaris”ni beshinchi o‘yinda ham yutdi va finalga yo‘l oldi!
  • 16
  • 22.03.2023 08:40:00
  • 1 daq o'qish

Xokkey bo‘yicha Qozog‘iston ochiq chempionati pley-offidan o‘rin olgan “Humo” – “Beybaris” beshinchi o‘yini yakunlandi.

Uchrashuv 2:1 hisobida vakillarimiz foydasiga yakunlandi. Quvonarlisi, mazkur g‘alaba orqali jamoamiz seriyadagi hisobni 4:1 ko‘rinishiga keltirib, finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 

Endilikda “Nomad” jamoasiga qarshi final o‘yinlari seriyasi 2-3–aprel kunlari Toshkentda start oladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News