
- 4
- 20.04.2024 13:30:00
- 1 daq o'qish
Shavkat Mirziyoyevning topshiriqlariga muvofiq Qozog‘istonda yuz bergan suv toshqinlari oqibatida zarar ko‘rgan aholiga insonparvarlik yordami yuborildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq Qozog‘istonda yuz bergan suv toshqinlari oqibatida zarar ko‘rgan aholiga insonparvarlik yordami yuborildi.
15 ta katta yuk hajmli avtoulovlardagi insonparvarlik yordamida oziq-ovqat mahsulotlari, ayollar, bolalar va erkaklar ust-bosh kiyim-kechaklari, ko‘rpacha, yoping‘ich, yostiqlar, gigiyenik vositalar, maxsus qurilmali chodirlar, rezina qayiq to‘plamlari va boshqa zarur mahsulotlar o‘rin olgan.