🌞 Issiqdan qanday saqlanish kerak?

🌞 Issiqdan qanday saqlanish kerak?
  • 0
  • 04.07.2025 08:18:00
  • 1 daq o'qish

 

O‘zbekistonda 2-5 iyul kunlari kutilayotgan juda issiq havo oqimlari kirib kelishni boshladi. Harorat +40…+43 darajagacha, ba’zi joylarda +44…+46 darajagacha ko‘tariladi. 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti quyoshda yurishdan saqlanish uchun quyidagi maslahatlarni berdi:

🔸 Quyosh ostida yurishdan saqlaning, ayniqsa, 10:00–17:00 oralig‘ida.
🔸 Salqin joyda bo‘ling, imkon bo‘lsa konditsioner yoki ventilyatordan foydalaning.
🔸 Derazalarni faqat tongda va kechqurun oching, kunduz yopiq turing.
🔸 Yengil, och rangli kiyim kiying, bosh kiyim va ko‘zoynak taqing.
🔸 Ko‘p suv iching . Har soatda 1 stakan, kuniga 2–3 litr.
🔸 Bolalarni mashinada qoldirmang, aravachani ho‘l mato bilan yoping.
🔸 Yolg‘izlar, keksalar va bemorlar holidan tez-tez xabar oling.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News