
- 19
- 22.01.2025 09:34:00
- 1 daq o'qish
Hamyurtimiz “shaharliklar”da eng ko‘p maosh oladigan o‘zbekistonlik futbolchiga aylandi. Uning yillik maoshi 3,5 million yevroni tashkil qiladi.
40 mln yevro evaziga “Lans”dan “Man Siti”ga o‘tgan 20 yoshli himoyachining “shaharliklar” safidagi oylik maoshi 290 ming yevroni tashkil qilsa, haftalik maosh 67 ming yevro, kunligi 9,5 ming yevro demakdir.
Endi buni so‘mda hisoblaydigan bo‘lsak shunвay bo‘larkan: yiliga 47 milliard so‘m, oyiga 3 milliard 9 mln so‘m, haftasiga 904 mln so‘m, kuniga 128 mln 800 ming so‘m, soatiga esa hatto uxlasa ham 5 mln 366 ming so‘m pul topadi.