- 13
- 25.12.2024 17:12:00
- 1 daq o'qish
Nyu-York metrosida gvatemalalik muhojir bir ayolni yoqib yubordi. 22-dekabr kuni erkak metroda o‘ziga notanish ayolga yaqinlashib, uning kiyimlarini o‘t oldirgich bilan yoqib yuborgan va poyezd bekatidagi skameykada o‘tirib ayolning yonishini tomosha qilgan. Ayol yoqib yuborilayotganida uyg‘oq yoki uyg‘oqmasligi aniqmas, biroq, u harakatsiz bo‘lgan va kuyish oqibatida vafot etgan.
Erkak qo‘lga olinib, tergov ishlari olib borilmoqda. Jinoyat sababi hali ochiqlanmagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchi va jabrlanuvchi tanish bo‘lmagan. Voqea sodir bo‘lishidan oldin ular bir-birlari bilan suhbatlashmagan.