- 6
- 28.06.2025 13:14:00
- 1 daq o'qish
2025-yil 27-iyun kuni Amazon asoschisi, dunyoning eng boy insonlaridan biri Jeff Bezos va taniqli jurnalist, aviator hamda tadbirkor Loren Sanchez Italiyaning go‘zal shahri Venetsiyada unutilmas to‘y marosimini o‘tkazdi.
55 yoshli Loren Sanchezning to‘y libosi Dolce & Gabbana modalar uyi tomonidan 900 soat davomida tikilgan.
Marosimga taxminan 200 nafar mashhur insonlar va yaqin do‘stlar taklif etilgan bo‘lib ular orasida Opra Uinfri, Leonardo Dikaprio, Kim Kardashyan, Kris hamda Kendall Jenner, Orlando Blum, Keti Perri va Iordaniya malikasi Kuin Raniya, AQSh sobiq prezidenti Barak Obama ham bor edi.
Musiqali qismida Elton Jon, Matteo Bochelli, Gospel xor jamoasi ishtirok etdi. Marosim davomida pijama party, “yaxta party”lar o‘tkazildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra marosimlarga o‘rtacha 50 mln dollar sarflangan.