
- 1
- 20.07.2026 14:18:00
- 1 daq o'qish
2026-yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan Ispaniya FIFA tomonidan 50 million dollar mukofot puli bilan taqdirlandi. Bu 2022-yilgi mundial chempioni Argentinaga berilgan mukofotdan 8 million dollarga ko‘p.
Turnir yakunlariga ko‘ra, Argentina 33 million dollar, Angliya 29 million dollar, Fransiya esa 27 million dollar oldi.
JCH–2026 uchun FIFA jami 871 million dollar mukofot jamg‘armasi ajratdi. Guruh bosqichidan chiqa olmagan terma jamoalar ham kamida 12,5 million dollar ishlab oldi.
Shuningdek, FIFA ushbu mundial tufayli 15 milliard dollar daromad ko‘rganini ma'lum qildi. Bu tashkilot dastlab kutgan 11 milliard dollarlik prognozdan 4 milliard dollarga ko‘p bo‘ldi.