O‘zbekistonda qancha bola 1-sinfga o‘qishga chiqdi?

O‘zbekistonda qancha bola 1-sinfga o‘qishga chiqdi?
  • 10
  • 04.09.2023 10:54:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda bugun, 4-sentabr kuni 732 ming nafardan ortiq bola 1-sinfga qadam qo‘ydi.

Qayd etilishicha, 2023/2024-o‘quv yilida 732 mingdan ortiq maktab yoshidagi bolalar 1-sinfga o‘qishga borgan.

Hozirda O‘zbekistonda 10 ming 296 ta maktab faoliyat yuritmoqda. Yangi o‘quv yiliga, 1-sinfga qabul jarayonlari 20-iyundan boshlangan. Avvalroq Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 2023/2024-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan bog‘chalarda “Salom, bog‘cha”, maktablarda “Birinchi qo‘ng‘iroq”, “Mustaqillik darsi” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiya hamda namunaviy ssenariy ishlab chiqqandi.

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori Vohid Hamidovga ko‘ra, endi har bir o‘quvchining qiziqishidan kelib chiqqan holda o‘qish davom ettiriladi. Bunga qadar 1-sinfdan 11-sinfgacha bo‘lgan o‘quvchilar bir xil ta’lim dasturi asosida bilim olgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News