Toshkentda rossiyalik jurnalist vafot etgan mehmonxona egasi 8 yilga qamaldi

Toshkentda rossiyalik jurnalist vafot etgan mehmonxona egasi 8 yilga qamaldi
  • 0
  • 26.07.2025 08:35:00
  • 1 daq o'qish

Toshkentdagi Karaman Palace mehmonxonasida 2024-yil oktyabr oyida ro‘y bergan fojiali voqeada rossiyalik jurnalist Inessa Papernaya va yana ikki kishi basseyndagi gazdan zaharlanish oqibatida vafot etgandi.

2025-yil 25-iyul kuni Yakkasaroy tuman sudida bo‘lib o‘tgan ochiq sud majlisida mehmonxona egasi 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Isitish qozonini sotgan va o‘rnatgan uch kishi esa 3 yildan qamoq jazosi oldi.

Ularning barchasi Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi "a" bandi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovar va xizmatlar ko‘rsatish oqibatida o‘limga sabab bo‘lish) bo‘yicha aybdor deb topildi.

Sud halok bo‘lgan jurnalistning qonuniy vakiliga 67,5 mln so‘m, yana bir marhumning vakillariga esa 60,6 mln so‘m tovon undirilishini belgiladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News