
- 5
- 13.11.2023 10:15:00
- 1 daq o'qish
Bugun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga qarashli “Chuqursoy” podstantsiyasida yuzaga kelgan nosozlik tufayli, Yunusobod tumanida joylashgan 4-qozonxonaning 2-navbati o‘chirildi. Shu sababli, quyidagi manzillarda issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha bo‘lmaydi. Xabar qildi Toshkent shahar matbuot xizmati
Yunusobod tumani:
• Markaz-2, Markaz-4, 5, 6 mavzelarida joylashgan turar joylar, ijtimoiy muassasa va ma’muriy binolar.
• Hakimzoda, J. Obidova, Ergasheva, Niyozbek yo‘li, Arifova ko‘chalari, A.Temur va Qorasaroy shohko‘chalari.
Olmazor tumani:
• Qoraqamish 1/1, Qoraqamish 1/2, Qoraqamish 2/1, Qoraqamish 2/3, Qoraqamish 2/5, Markaz-22 mavzelari, G‘ofur G‘ulom, Taxtapul, Sebzor, Markaz-17/18, Shimoliy Olmazor, A. Bobojonova, Qorasaroy, Fayzi Baland, Abduraxmonov, Sag‘bon, Yolqin, Dadaboyev, O‘rozboyev, Yunusov, Muxbir, Keles yo‘li, Noraztepa ko‘chalarida joylashgan turar joylar, ijtimoiy muassasa va ma’muriy binolar.
Shayxontohur tumani:
• Zulfiyaxonim, U.Yusupov, Labzak ko‘chalarida joylashgan turar joy uylari.