
- 0
- 07.09.2026 11:16:00
- 1 daq o'qish
Masalliqlar:
600 gr un
1 dona tuxum
biroz tuz
5 dona kartoshka
4 dona piyoz
Qaylasi uchun:
1 osh qoshiq o‘simlik yog‘i
1 dona piyoz
3–4 osh qoshiq tomat pastasi
1 stakan suv
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq shakar
Tayyorlanishi:
Idishga tuxum, un, tuz va suv solinib, o‘rtacha yumshoqlikdagi xamir qoriladi. Xamir tinguncha kartoshka va piyoz mayda qilib to‘g‘ralib, biroz tuz va ziravorlar solinadi. So‘ng, xamir yupqa qilib yoyilib, to‘rtburchak shaklda kesiladi. Kesilgan xamir ichiga nachinkasi solinib, buklanadi va qasqonlarga teriladi. Honimlarni terishdan oldin, qasqonlar yog‘lab olinadi va honimlarning ustki qismi ham yog‘lanadi. Va gazda 45 daqiqa davomida pishirib olinadi. Qaylasi uchun, qizigan yog‘da piyoz qovurilib, piyozi pishgandan so‘ng, tomat pastasi, suv, tuz va shakar solinib, yaxshilab aralashtiriladi. Pishgan honimlar likopchaga ustma-ust tahlanib, har bir qavatiga qayladan surtib chiqiladi. Mazali honimlarimiz tayyor!
Yoqimli ishtaha🥰🤗