“Bayram ruleti”

  • 10
  • 25.12.2023 15:25:00
  • 1 daq o'qish

🎄Barcha birdek sevib iste’mol qiladigan, tez va oson tayyor bo‘ladigan “Bayram ruleti” retseptini taqdim etamiz.

🧈Masalliqlar:

Tuxum 5 ta;
Shakar 200 gr;
Un 200 gr;
Razrixlitel 1 osh qoshiq;
Sariyog‘;
Quyulirilgan sut;

👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

Ishimizni tuxumning oqini sarig‘idan ajratib olishdan boshlaymiz.
Tuxumning oqini kattaroq idishga solib ko‘pirtirib olamiz.
Yaxshilab ko‘pirganidan keyin shakar, olib qo‘yilgan tuxumning sarig‘ini  va un solib yaxshilab aralashtiramiz.
Patnistga pergament qog‘oz solib, ustidan bir tekis qilib aralashmani solamiz va 180 gradus issiqlikda 20 daqiqa davomida pishirib olamiz.
Kremi uchun, sariyog‘ va quyultirilgan sutni yaxshilab aralashtirmiz.
Tayyor bo‘lgan biskvitni videoda ko‘rsatilganidek suvlangan sochiq yordamida olamiz.
Ichiga kremlarni solib o‘raymiz. Ustini o‘zingiz xohlagandek bezatishingiz mumkin.
Biz, shokolad, kokos qirindisi   va rangli toshlardan foydalandik.

Yoqimli ishtaha😋

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News