Hokimlar har oy kamida bir marta yoshlar bilan uchrashib, muammolariga yechim beradi

Hokimlar har oy kamida bir marta yoshlar bilan uchrashib, muammolariga yechim beradi
  • 5
  • 28.06.2024 15:22:00
  • 1 daq o'qish

O‘zbekistonda tarbiyasi og‘ir, qiyin sharoitdagi yoshlar bilan yangicha ishlash tizimi bo‘ladi. Jumladan, oilaviy ajrim yoqasidagi, jinoyat qilishga moyilligi bor, muntazam dars qoldiruvchi yoshlar bilan manzilli ishlanadi. Tuman hokimlari har hafta, viloyat hokimlari va vazirlar har oy kamida bir marta yoshlar bilan uchrashib, muammolariga yechim beradi.

Mutasaddilarga mahallalarda, maktab, texnikum, oliygoh, sihatgoh va oromgohlar zallarida, parklarda kitobxonlik, she’rxonlik, raqs, musiqa va kino kunlarini tashkil qilish topshirildi. Har bir istirohat bog‘i, sayilgoh va xiyobonlarga bepul Wi-fi o‘rnatish vazifasi qo‘yildi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News