
- 0
- 08.07.2025 16:12:00
- 1 daq o'qish
O‘zbekistonda 90 kundan ortiq chet elda bo‘lib qaytgan 18–60 yoshdagi fuqarolar, shuningdek, mehnat faoliyati uchun kelayotgan xorijliklar majburiy ravishda OIV (OITS) tekshiruvdan o‘tadi. Bu bo‘yicha qonun loyihasi Qonunchilik palatasida uchinchi o‘qishda qabul qilinib, Senatga yuborildi.
Tekshiruv mahalliy fuqarolar uchun byudjet hisobidan, xorijliklar uchun esa o‘z mablag‘lari yoki ish beruvchisi hisobidan amalga oshiriladi.
Tashabbuskorlarga ko‘ra, OIV infeksiyasi organizmda 90 kundan so‘ng aniqlanishi mumkin. 2023 yilda ixtiyoriy tekshiruvdan o‘tgan 434 ming kishidan 1512 nafari ushbu kasallikka chalingani aniqlangan. Qonun aholi salomatligini himoya qilish va kasallik tarqalishining oldini olishga qaratilgan.