
- 0
- 25.09.2025 07:58:00
- 1 daq o'qish
Qalajiq qal’a majmuasi ilk o‘rta asrlarga oid, taxminan milodiy IV asrlarda barpo etilgan.
Qalajiq mudofaa qal’asi bo‘lib, ichida ibodatxona va turar-joylar ham mavjud bo‘lgan. U vohaga kiruvchi yo‘llarni nazorat qilish hamda aholini tashqi dushmanlardan himoya qilish uchun xizmat qilgan.
Qal’a yonidagi tuzli ko‘lning foydasi asosan tuz va mineral moddalar bilan bogʻliq boʻlib, bugungi kunda koʻplab insonlar salomatligini yaxshilash uchun bu joyga tashrif buyurishadi.