- 0
- 14.06.2025 09:20:00
- 1 daq o'qish
Yevropa Kosmik Agentligi tomonidan uchirilgan Solar Orbiter kosmik kemasi ilk bor Quyoshning janubiy qutbini suratga oldi va Yerga yubordi.
🔬 Olimlarning aytishicha, ushbu tasvirlar Quyoshdagi faol davrlar va tinch davrlar qanday almashinib turishini chuqurroq tushunishga yordam beradi. Quyoshdagi kuchli portlashlar esa sun’iy yo‘ldoshlar aloqa tizimlariga va Yer yuzidagi elektr tarmoqlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.