“Hizbulloh” Isroil bilan sulh tuzishga rozi

“Hizbulloh” Isroil bilan sulh tuzishga rozi
  • 5
  • 11.10.2024 09:31:00
  • 1 daq o'qish

“Hizbulloh” rahbari o‘rinbosari Naim Qosim guruh Isroil bilan sulh tuzishga tayyorligini ma’lum qildi. Voqea Isroil armiyasi tomonidan ikki hafta ichida tashkilotning uch rahbarini yo‘q qilish fonida sodir bo‘ldi. NDTV telekanali maʼlumotlariga ko‘ra, Eron TIV rahbari Abbos Ar-Aqchining Livanga tashrifi chog‘ida mamlakat rahbariyati va “Hizbulloh”dan harbiy harakatlarni to‘xtatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish so‘ralgan.

Isroil “Hizbulloh” bilan sulh tuzsa unga guruhni to‘liq qurolsizlantirish va jangchilarini Litani daryosi shimolidan olib chiqib ketish shartlarini qo‘ymoqchi. Ekspertlarning fikricha, Isroil hozirda diplomatik mantiqdan ko‘ra harbiy yo‘lni afzal ko‘rmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News