Ganada vertolyot halokati: ikki nafar vazir halok bo‘ldi

Ganada vertolyot halokati: ikki nafar vazir halok bo‘ldi
  • 0
  • 07.08.2025 10:21:00
  • 1 daq o'qish

Gananing Adansia Akrofuom hududida hukumatga qarashli vertolyot qulab tushdi. Hodisa oqibatida mudofaa vaziri doktor Edvard Oman Boama va ekologiya vaziri doktor Ibrohim Murtalo Muhammad vafot etdi.
Halokatda jami 8 kishi halok bo‘lgan. Qurbonlar orasida Milliy xavfsizlik rahbari vazifasini bajaruvchi Alhaj Muniru Muhammad, Milliy Demokratik Kongress raisining o‘rinbosari Samuel Sarpong hamda NADMO bosh direktori o‘rinbosari Samuel Aboagye ham bor.
Ma’lum qilinishicha, ular mas’uliyatli konchilik dasturi taqdimotiga ketayotgan bo‘lgan. Vertolyot havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay radardan yo‘qolgan. FVV xizmatlari yonib ketgan qoldiqlarni halokat joyidan topgan.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News