
- 0
- 06.08.2025 08:08:00
- 1 daq o'qish
5-avgust kuni Hindistonning Uttarkand shtati Uttarkashi tumanidagi Dharali qishlog‘ida kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan sel kamida 4 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi. Yuzlab uylar, do‘konlar va yo‘llar suv ostida qolgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 10–12 ishchi tuproq ostida qolgan, 50 kishi bedarak yo‘qolgan. Qutqaruv ishlariga armiya va favqulodda xizmatlar jalb etilgan. Ob-havo ogohlantirishiga ko‘ra, tog‘li hududlarda 10-avgustgacha kuchli yomg‘irlar davom etadi.