Qozog‘istonda kuchli suv toshqini

Qozog‘istonda kuchli suv toshqini
  • 4
  • 08.04.2024 12:01:00
  • 1 daq o'qish

7-aprel kuni Qozog‘istonning yetti viloyatida 5,5 mingdan ortiq uy va binolarni sel bosdi.

Aqmola, Aqto‘be, Atirau, Qo‘stanay, Pavlodar, Shimoliy Qozog‘iston va G‘arbiy Qozog‘iston viloyatlarida 3702 ta xususiy turar joy binolari, 562 ta hovlilar maydoni, 1822 ta qishloq uylari, 73 ta turli maqsadlardagi binolar va 155 ta avtomobil yo‘llari suv ostida qolgani aytildi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, suv toshqini zonalaridan 72 284 kishi, jumladan 17 217 nafar bolalar qutqarilgan va evakuatsiya qilingan. Uylari suv ostida qolgan 14 430 nafar qozog‘istonlik vaqtinchalik joylashtirish markazlarida. Yo‘llarning yorilishi oqibatida 61 ta aholi punkti transport aloqasidan mahrum bo‘lib qolgan. Qosim-Jo‘mart To‘qayev bu oxirgi 80 yildagi eng yirik tabiiy ofat ekanini aytdi.

Mamlakatning o‘nta viloyatida, jumladan Qozog‘iston g‘arbidagi Atirau viloyatida mahalliy favqulodda holat rejimi e’lon qilindi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News