🥵 Yevropada issiqlik to‘lqini: 10 kunda 2 300 kishi vafot etdi

🥵 Yevropada issiqlik to‘lqini: 10 kunda 2 300 kishi vafot etdi
  • 0
  • 10.07.2025 13:15:00
  • 1 daq o'qish

 

23-iyundan 2-iyulgacha Yevropada yuz bergan kuchli issiq to‘lqini tufayli 12 ta shahar bo‘yicha taxminan 2 300 kishi halok bo‘lgan. London Imperial kolleji tadqiqotiga ko‘ra, o‘limlarning 1 500 nafari iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Ispaniyada harorat 40°C dan oshdi, Fransiyada o‘rmon yong‘inlari yuz berdi. Olimlar issiqlik surunkali kasalliklarni og‘irlashtirgani va bu holatlar rasmiy statistikada to‘liq aks etmayotganini ta’kidlashdi. O‘lim holatlari tasdiqlangan epidemiologik modellar asosida baholangan. Bu iyun G‘arbiy Yevropa tarixidagi eng issiq davr bo‘ldi.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News