YHXB boshlig‘i qarindoshining jarimalarini bekor qildirgani uchun ishdan olindi

YHXB boshlig‘i qarindoshining jarimalarini bekor qildirgani uchun ishdan olindi
  • 0
  • 07.07.2025 15:45:00
  • 1 daq o'qish

 

Ijtimoiy tarmoqlarda  Farg‘onada YHXB xodimlari davlat raqami 40 081 SBA bo‘lgan Malibu avtomobilida qayd etilgan qoidabuzarliklarni bekor qilganiva ushbu avtomobil Farg‘ona viloyati YHXB boshlig‘i Akmal Ahmedovning yaqin qarindoshi bo‘lgan firmaga tegishli ekani haqida xabarlar tarqaldi. IIV YHXBB Matbuot xizmati ushbu ma’lumotni tasdiqlab, podpolkovnik Akmal Ahmedov egallab turgan lavozimidan ozod etilganini ma’lum qildi. Shuningdek, YHXBning 5 nafar xodimi intizomiy javobgarlikka tortilgan.
Haydovchi esa bekor qilingan barcha qoidabuzarliklar uchun jarimalarni davlatga to‘liq to‘lagan.

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News