
- 0
- 25.07.2026 11:10:00
- 1 daq o'qish
Toshkent shahrining Yakkasaroy tumani obodonlashtirish boshqarmasi rahbari xodimlarni jazirama issiqda mehnatga jalb qilgani uchun ma'muriy javobgarlikka tortildi.
Davlat mehnat inspeksiyasi avvalroq anomal issiq sabab soat 10:00 dan 17:00 gacha ochiq havodagi ishlarni to‘xtatish bo‘yicha barcha hokimliklarga ko‘rsatma bergan edi. Shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlarda obodonlashtirish xodimlari issiqda ishlayotgani aks etgan video tarqaldi.
O‘tkazilgan tekshiruvda ishchilarga mehnatni muhofaza qilish talablariga mos sharoitlar yaratilmagani aniqlandi. Shu sabab boshqarma rahbariga nisbatan ma'muriy chora qo‘llanildi.
Unga 2,06 million so‘mdan 4,12 million so‘mgacha miqdorda jarima solinishi mumkin.