
- 0
- 02.09.2025 13:08:00
- 1 daq o'qish
AOKA tugatilgandan keyin uning o‘rnida tashkil etilgan Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markaziga Qobuljon Ahmedov rahbar etib tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. U ilgari “MY5” telekanali bosh direktori, so‘ngra MTRK “Yoshlar” ijodiy birlashmasi direktori bo‘lib ishlagan.
Shuningdek, Markaz direktori o‘rinbosarlari etib Husan Salixov (rejissyor, Prezident matbuot xizmati Media markazi sobiq rahbari) hamda Jahongir Abdurahmonov (Prezident matbuot xizmati bosh konsultanti, avval “UZREPORT” telekanali shef-muharriri) tayinlandi.