
- 0
- 30.06.2026 15:13:00
- 1 daq o'qish
Jamoaning muvaffaqiyatsiz ishtiroki Janubiy Koreyada katta noroziliklarga sabab bo‘ldi. JCHdan qaytgan Hong Myong Boni muxlislar aeroportda haqoratlar bilan kutib oldi.
Hong Myong Bo JCH–2026da jamoa pley-off bosqichiga chiqa olmagach, o‘z lavozimini tark etdi. Janubiy Koreya guruh bosqichida bitta g‘alaba va ikkita mag‘lubiyat qayd etib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi. Ayniqsa, JARga qarshi 0:1 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa keskin tanqid ostida qoldi.
Prezident Li Je Myon ham natijalarni tanqid qilib, terma jamoadagi boshqaruv va kadrlar siyosatini chuqur o‘rganishga chaqirdi.