
- 0
- 16.06.2025 07:46:00
- 1 daq o'qish
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan maktablarda pullik sinflar ochilishi haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi. “Pullik sinf” degan noto‘g‘ri talqin qilinayotgan holatlar aslida ota-onalar tashabbusi bilan tashkil etilayotgan qo‘shimcha ta’lim xizmatlari bo‘lib, ular davlat ta’lim standartlaridan tashqari bilim berishga qaratilgan. Bu mashg‘ulotlar ixtiyoriy va ota-onalar bilan shartnoma tuzgan holda amalga oshirilishi, shuningdek, ta’lim xizmatlaridan tushgan mablag‘ning bir qismi o‘qituvchilarga maosh, qolgani esa maktab infratuzilmasini yaxshilash va xodimlarni rag‘batlantirishga yo‘naltirilishini aytgan.