
- 3
- 27.09.2025 10:31:00
- 1 daq o'qish
“Bavariya” hujumchisi Xarri Keyn top-5 Yevropa ligalari tarixida 100 ta golga eng tez erishgan futbolchi bo‘ldi! U bu natijani bor-yo‘g‘i 104 o‘yinda qayd etdi.
Avvalgi rekord Krishtianu Ronaldu va Erling Holandga tegishli bo‘lib, ular bu marrani 105 o‘yinda zabt etgan edi.
Keynning bunday samaradorligiga “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirmoqda. “Qizil iblislar” mavsum oxirida ingliz hujumchisini Angliyaga qaytarmoqchi. Keyn ham APLga qaytish istagida ekan.