“Qo‘lingni tort!”: AQShda ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi

“Qo‘lingni tort!”: AQShda ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tdi
  • 0
  • 07.04.2025 12:19:00
  • 1 daq o'qish

5-aprel kuni AQShning barcha 50 shtatida “Qo‘lingni tort!” shiori ostida Tramp va Mask siyosatiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Namoyishchilar ularning minglab federal xizmatchilarni qisqartirish, muhojirlarni deportatsiya qilish, transgenderlar himoyasini zaiflashtirish, ijtimoiy dasturlarni, jumladan, sog‘liqni saqlashni moliyalashtirishni qisqartirish bo‘yicha harakatlarini qoralab chiqishdi. Vashingtondagi mitingda kongress a’zolari ham ishtirok etdi. Namoyish paytda Tramp qarorgohida golf o‘ynash bilan, Mask esa kompyuter o‘yini bilan mashg‘ul edi.
 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News