HAMAS Isroil bilan kelishuvni rad etdi

HAMAS Isroil bilan kelishuvni rad etdi
  • 1
  • 19.08.2024 14:52:00
  • 1 daq o'qish

 HAMAS G‘azo sektoridagi o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha olib borilgan muzokaralarning so‘nggi bosqichidagi takliflarni rad etdi. Bunga Netanyaxu vositachilarning sa’y-harakatlarini barbod qilish va urushni cho‘zish uchun yangi shart-sharoitlar va talablarni o‘rtaga tashlayvergani sabab bo‘lgan. “Netanyaxu kelishuvga to‘siq bo‘lishda davom etayotganiga yana bir bor amin bo‘ldik”, deydi Falastin harakati vakillari.

G‘azo bo‘yicha taklif uch bosqichli jarayonni nazarda tutadi, uning davomida HAMAS 7-okytabr kuni Isroildan o‘g‘irlab ketilgan barcha garovga olinganlarni ozod qiladi. Buning evaziga Isroil o‘z kuchlarini G‘azo sektoridan olib chiqishi va falastinlik mahbuslarni ozod qilishi kerak.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News