
- 7
- 07.12.2024 09:39:00
- 1 daq o'qish
Komik aktrisa Halima Ibragimova 45 yoshida vafot etdi. Bu haqda Mirzabek Xolmedovning o‘g‘li Ulug‘bek Xolmedov, shuningdek Yulduz Usmonov ham Instagram’ga joylashdi. aktrisa yaqinda operatsiyani boshdan kechirgan. U qandli diabet kasalligi bilan kurashib kelgan. Halima Ibragimova reanimatsiyada vafot etgan.
Aktrisa 1979-yilda tug‘ilgan. U Toshkent davlat san’at instituti drama aktyorligi bo‘limida tahsil olgan. Aktrisa Mirzabek Xolmedov boshchiligidagi teatr-studiyadagi chiqishlari bilan tanilgan. U, shuningdek, ko‘plab filmlarda ham rollar ijro etgan.