- 0
- 07.05.2025 16:25:00
- 1 daq o'qish
Uzcosmos agentligi ma’lum qilishicha, 1972 yilda Sovet Ittifoqi tomonidan uchirilgan “Kosmos-482” apparati 2025 yil 9-11 may kunlari Yer atmosferasiga kirishi mumkin. Uning O‘zbekistonga qulash ehtimoli 0,3%–0,5% deb baholanmoqda.
Asosiy konstruksiya atmosferada yonib ketadi, biroq 500 kg og‘irlikdagi titan kapsula yerga yetib kelishi mumkin. Parashyut tizimi ishlamasligi ehtimoli yuqori.
Aholiga topilgan qoldiqlarni tegmasdan, darhol rasmiylarga xabar berish tavsiya etiladi.