Vyetnamda to‘fon sabab yarim mln aholi evakuatsiya qilinmoqda

Vyetnamda to‘fon sabab yarim mln aholi evakuatsiya qilinmoqda
  • 0
  • 26.08.2025 08:10:00
  • 1 daq o'qish

Vyetnam hukumati Kajiki toʻfoni sababli 586 mingdan ortiq fuqaroni xavfsiz hududlarga koʻchirishga qaror qildi. To‘fon markazida shamol tezligi 180 km/soatgacha kuchayishi kutilmoqda. Markaziy viloyatlar — Tanh Xoa, Kuangchi, Xue va Danang aholisi uylaridan evakuatsiya qilingan. Barcha parvozlar bekor qilindi, dengizga chiqish taqiqlandi, harbiylar favqulodda holatga shay holatda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News