O‘zbekistonliklar uchun Haj-2024 kvotasi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonliklar uchun Haj-2024 kvotasi ma’lum bo‘ldi
  • 4
  • 22.05.2024 12:55:00
  • 1 daq o'qish

Bu yil O‘zbekiston fuqarolari uchun haj kvotasi jami 15 ming nafar etib belgilandi.
Ma’lum qilinishicha, “Haj-2024” mavsumiga tayyorgarlik ishlarini amalga oshirish uchun dastlabki ishchi guruh Saudiya Arabistoniga yetib borib, Makka va Madina shaharlaridagi mehmonxonalarda, shuningdek, Mino, Arafot, Muzdalifa manzillarida bo‘lib, vatandoshlarimiz uchun barcha sharoitlarni tayyorlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. 
O‘zbekistonlik ziyoratchilar uchun ajratilgan mehmonxonalar shay holatga keltirilgan hamda yurtdoshlarni kutib olish bo‘yicha barcha zaruriy ishlar amalga oshirildi.
23-maydan 7-iyungacha 10 ta hududiy xalqaro aeroportlar: Toshkent, Namangan, Farg‘ona, Qarshi, Termiz, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Urganch, Nukus shaharlari orqali hojilarni Madinaga yuborish hamda 22-iyundan 12-iyulgacha Jidda shahridan O‘zbekistonga olib kelish ishlari amalga oshiriladi.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News