
- 4
- 01.07.2024 16:36:00
- 1 daq o'qish
Ko‘ksaroy qarorgohida BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga jahonda hamjihatlik va birdamlikni faol ilgari surish, tashkilot faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun O‘zbekistonning oliy davlat mukofotlaridan biri - "Oliy Darajali Do‘stlik" ordenini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev mukofotni topshirar ekan, Antoniu Guterrishning O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi yuksak darajaga yetishiga qo‘shgan shaxsiy hissasini alohida e’tirof etdi.