
- 6
- 24.03.2023 17:27:00
- 1 daq o'qish
Kerakli masalliqlar:
1 dona kichkina gulkaram
Yarimta brokkoli
Sousi uchun:
2 ta tuxum
Yarim piyola kungaboqar yogʻi
1 stakan qatiq
1 osh qoshiq un
1 choy qoshiq tuz
1 choy qoshiq murch va qizil qalampir
Tayyorlanishi:
Brokkoli va gulkaramlarni yuvib, pichoq bilan mayda boʻlaklarga boʻlib, moʻl suvda qaynating.
Sous uchun tuxumlarni idishga chaqing va qatiq, kungaboqar yogʻi, un va ziravorlarni qoʻshib aralashtiring.
Qaynatilgan gulkaram va brokkolini sousga botirib patnisga joylashtiring.
Oldindan isitilgan 180 daraja pechda ust taraflari qizarguncha pishirib pishloq boʻlaklarini qoʻyib takror pechga soling va pishloqlar eriguncha pechda tuting, issiq holda dasturxonga torting