Turkiyada davlat to‘ntarishi uyushtirgan Gulen AQShda vafot etdi

Turkiyada davlat to‘ntarishi uyushtirgan Gulen AQShda vafot etdi
  • 3
  • 21.10.2024 15:57:00
  • 1 daq o'qish

Turkiyadagi FETO terror tashkiloti rahbari Fathulloh Gulen vafot etdi. Turkiya rasmiylari uni 2016-yilning iyulida ikki hafta davom etgan va 250 dan ortiq odamning halok bo‘lishiga, yana 2200 kishining jarohatlanishiga olib kelgan davlat to‘ntarishiga tayyorgarlik ko‘rishda ayblagan. Turkiya AQShdan Gulenni ekstraditsiya qilishni talab qilgan, biroq 83 yoshli Gulen 20-oktyabr kuni Pensilvaniyadagi klinikalardan birida vafot etgan. Turkiyada Gulen tarafdorlariga qarshi amaliyotlar muntazam ravishda olib borilmoqda.

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News