Ko‘k chuchvara

  • 8
  • 27.03.2025 15:41:00
  • 1 daq o'qish

🌸Bahorni ko‘katli taomlarsiz tasavvur qilish qiyin. Bugun “Lazzat dunyosi” oshxonasida Navro‘z dasturxonining ajralmas bo‘lagi bo‘lgan va sevib iste’mol qilinadigan “Ko‘k chuchvara”  retseptini sizlarga taqdim etamiz.

🥬Masalliqlar:

50 ml yog‘;
1 ta tuxum;
Tuzli suv;
500 gr un;
5-6 dona kartoshka;
1 dona piyoz;
Ismaloq;
Yalpiz;
Ozgina yog‘;

👩🏻‍🍳Tayyorlanishi:

Ishimizni 50 ml yog‘, 1 dona tuxum va tuzli suvimizni aralashtirib olishdan boshlaymiz.
Undan so‘ng 500 gr un solib, qattiqroq xamir qorib olamiz.
Nachinkasi uchun 5-6 dona kartoshkani qaynatib olib, pyure shakliga keltirib olamiz. 
Undan so‘ng 1 dona piyozni parrak qilib to‘g‘raymiz va ismaloq bilan yalpizni ham mayda qilib to‘g‘rab olamiz. 
Ozgina yog‘ni qozonga solib, birinchi piyozni tillarang bo‘lgunga qadar qovuramiz va ismaloq bilan yalpizni ham qovurib olamiz. 
Ta’bga ko‘ra tuz ham qo‘shamiz. 
Oxirida pyure bilan ismaloqli massani qo‘shib aralashtirib olamiz. 
Xamirni sal qalinroq qilib yoyib, to‘rtburchak shaklda kesib olamiz. 
Va chuchvaralarni birin-ketin bukib olamiz. 
Qozonga yog‘ quyib, tugilgan chuchvaralarni tillarang tusga kirgunga qadar qovurib olamiz. 

Barchaga yoqimli ishtaha🫠

 

Copyrights © 2026 All Rights Reserved by Casia News