
- 5
- 04.10.2023 07:34:00
- 1 daq o'qish
AQSHda yashash va ishlash huquqini beruvchi vizasi uchun o‘ynaladigan Green Card lotereyasiga onlayn ro‘yxatdan o‘tish boshlanadi. Hujjatlarni qabul qilish bugun, 4 oktyabr Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi va 7 noyabr soat 21:00 gacha davom etadi.
Anketani faqat dvprogram.state.gov veb-saytida to‘ldirishingiz kerak. Ro‘yxatdan o‘tish davrida bir nechta ariza topshirgan shaxslar diskvalifikatsiya qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, ariza shakli uchun fotosuratlar ariza topshirishdan oldin 6 oy ichida olinishi kerak. Noto‘g‘ri to‘ldirilgan yoki o‘tkazib yuborilgan ma’lumotlar diskvalifikatsiyaga olib kelishi mumkin.
Qabul qilingan yagona tasdiqlash raqami saqlanishi kerak, chunki faqat u bilan 2024 yil may oyida lotereya natijalarini bilish mumkin bo‘ladi.
Yuborish bo‘yicha ko‘rsatmalarni shu yerda topishingiz mumkin.
Manba: uznews.uz